AsosiyMadaniyat

​Eronlik mashhur kinorejissyor “Elparvar“ filmiga yuqori baho berdi

'​Eronlik mashhur kinorejissyor “Elparvar“ filmiga yuqori baho berdi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Fransiyaning Kann shahrida bo`lib o`tayotgan 72-Xalqaro kinofestivalda “Respublika kinoprokat markazi” hamda “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tashkillashtirilgan o`zbek kino filmlari stendi “ Marche du Film” kinobozorida 50 ta turli janr va uslubdagi 50 ta badiiy, hujjatli hamda animasion filmlarni taqdim etmoqda. Festivalning uchinchi kunida kino bozor ishtirokchilari uchun rejissyor Abduvohid G`anievning “Elparvar”(prodyusser Zafar Yo`ldoshev) filmining maxsus taqdimoti bo`lib o`tdi.

“Respublika kinoprokat markazi” bu yil 72-Xalqaro Kann kino festivalining“ Marche du Film” kinobozorida ilk bora ishtirok etayotgani va bu sohada hali yangi ekanligiga qaramasdan, “Elparvar” filmining maxsus namoyishi kutilganidan-da yaxshi o`tdi,- deyiladi markaz axborot xizmati xabarida. Unda qayd etilishicha, kinobozorda tashkil etilgan stend va taqdim etilgan kartinalar kinotadbirkorlarning e`tiborini torta olgan. Tomoshabinlar orasida Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston va koreyaliklarni ko`rish mumkin edi.

Eronlik kinorejissyor, 2015 yilda o`zining “Utopiya” filmi bilan Kann halqaro kinofestivali nomzodi bo`lgan Hasan Nazir “Elparvar” filmi haqida shunday fikr bildirib o`tdi: “Elparvar” filmi o`zining betakror lokasiyalari, aktyorlik ijrosi bilan meni hayratga soldi. Kartina kattagina ijodiy guruhning yaxshi kino qilish yo`lidagi intilishlaridan darak berib turibdi”. Estoniyalik prodyusser Tatyana Muxlbayer: “Elparvar, o`zbek kinosining yangi davri boshlanganidan xabar beruvchi film“, - deya e`tirof etdi. - Endi bu xabarlar katta voqealarga sabab bo`lishi kerak. O`sha kunlar ham uzoq bo`lmasa kerak.

    Boshqa yangiliklar