Jan-Klod Van Damm qachonlardir unga shon-shuhrat olib kelgan “Kikbokser” filmining yangi versiyasida suratga tushmoqda.
Aslini olib qaraganda bu film akterning ijodiy hayotida burilish nuqtasi bo`lgan. So`nggi yillarda Van Dammni byudjeti kichkina filmlarda ko`rish mumkin edi. U ishtirok etgan va eng ovoza bo`lgan so`nggi film 2012 yildagi “Shiddatli” bo`lgandi.
Rejissyor Jon Stokuellning “Kikbokser” filmining yangi versiyasini suratga olishi haqida bir necha oy oldin ma`lum bo`ldi, biroq Van Damm familiyasi hali film akterlari ro`yxatiga kiritilmagan.





