Bugun Qozog`istonda yangi saylangan prezident Qosim-Jomart Toqaevning qasamyod qabul qilib, rasman davlat rahbarligi lavozimiga kirishdi.
Inagurasiya marosimi poytaxt Nur- Sulton shahridagi Mustaqillik saroyida bo`lib o`tdi. Marosimda Toqaev mamlakatning avvalgi prezidenti Nursulton Nazarboevning strategiyasini amalga oshirish bo`yicha ish olib borishini ma`lum qildi. O`zining ilk prezidentlik nutqida Toqaev Qozog`iston muvozanatli va ko`p vektorli tashqi siyosatni davom ettirishini ta`kidladi.Yangi saylangan davlat rahbari faoliyatida asosiy e`tiborni ijtimoiy muammolarni hal qilish, tadbirkorlikni qo`llab- quvvatlash va jamiyatning birligini ta`minlashga qaratmoqchi ekanligini bildirdi. Eslatib o`tamiz, 9 iyun kuni Qozog`istonda hisob bo`yicha oltinchi marta bo`lib o`tgan prezidentlik saylovida «Nur Otan» partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan Qosim-Jo`mart Toqaev 70,96 foiz ovoz bilan g`alabaga erishgan edi. Endi u kelasi 5 yil davomida Qozog`istonni boshqaradi.