1

Foydalanilmayotgan erlarini o`zlashtirishning qonuniy tartibi takomillashmoqda

Jamiyat 19.06.2019, 10:24
Foydalanilmayotgan erlarini o`zlashtirishning qonuniy tartibi takomillashmoqda

Mamlakatimizda qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan 20 million 236,3 ming gektar er maydoni mavjud bo`lib, bu meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashning asosiy manbai hisoblanadi. Joylarda qishloq xo`jaligi erlaridan oqilona foydalanilmagani tufayli tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlar hosildorligi pasayib, etishtirilgan mahsulot sifati yomonlashuviga olib keldi. Prezidentimizning 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq xo`jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni foydalanishdan chiqib ketgan erlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, suv tejovchi texnologiyalarni, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini ta`minlashdan iborat. Mazkur hujjat bilan tasdiqlangan “Qishloq xo`jaligida er va suv resurslaridan samarali foydalanish” konsepsiyasida ham bu borada amalga oshirishga doir bir qator vazifalar belgilandi.

Mazkur konsepsiyani amalga oshirish orqali qishloq xo`jaligi ekin erlarini o`zlashtirish 2019 yida 3 ming 205 gektardan 2029 yilda 4316 gektarga etadi.

2019–2029yillardaqishloqxo`jaligimahsulotlarini etishtirishuchunfoydalanilmayotganermaydonlarini o`zlashtirishkonsepsiyasi doirasidaxalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda eksperiment tariqasida 2019 yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida Konsepsiyani amalga oshirish tajribasi yaratiladi.

2019 yil 1 noyabrga qadar Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini boshqa hududlarda joriy etish, er va suvdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklikning aniq shartlarini, qo`shimcha imtiyozlar, alohida imtiyozli kredit liniyalarini hamda foydalanishga kiritilgan er va suvdan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqiladi.

Shuningdek, Konsepsiya doirasida erga nisbatan bozor munosabatlari joriy qilinib, Davlat xususiy sheriklik shartlari yoki shartnoma asosida er maydonlari va sug`orish inshootlari 50 yilgacha bo`lgan muddatga beriladi.Yangi fermer xo`jaliklarini suvni boshqarish va hisobg olish vositalari bilan majburiy jihozlash sharti bilan tashkil etiladi. Shuningdek, er maydonlarini foydalanishga kiritish suvni tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Qishloq xo`jaligida sug`oriladigan erlarni muhofaza qilish ishlari bo`yicha ham tizimli ishlar qilinadi. Xususan, mavjud sug`oriladigan erlarni noqishloq xo`jalik maqsadlarida korxonalar, bino va inshootlar qurish uchun ajratishga endi chek qo`yilmoqda (Prezident qarori bilan ajratiladigan erlar bundan mustasno). Sug`oriladigan erlar hisobidan bog`dorchilik, uzumchilik va boshqa ko`p yillik daraxtzorlar hamda issiqxona xo`jaliklarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladigan bo`ladi. Erdan foidalanuvchilarga ekinlarni mustaqil joylashtirish va er maydonlarini ikkilamchi ijaraga berish huquqi berilmoqda. Ajratilgan erlar shartnoma muddatida maqbullashtirilmasligi va faqat sud tartibida olib qo`yilishi belgilanmoqda.

Sohada olib boriladigan mazkur sa`y-harakatlar tufayli sug`oriladigan va lalmi erlar, tog` va tog`oldi hamda cho`l-yaylov hududlarining tuproq unumdorligini oshirish, suv va boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanishga erishiladi. Muhimi, xalqimiz turmush farovonligi yanada oshirishiga erishiladi.

Jamshid Xodjaev,

O`zbekiston Respublikasi

Qishloq xo`jaligi vaziri

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1