1

Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan 101 nafar o`zbek Niderlandiyaga ko`milgan

Dunyo 09.05.2024, 19:46
Ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan 101 nafar o`zbek Niderlandiyaga ko`milgan

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O`zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi diplomatlari Niderlandiyaning Lyoysden shahridagi "Rastxof" qabristoni hududida joylashgan "Sovet shon-sharaf maydoni" xotira xiyobonida bo`lib o`tgan an`anaviy marosimda ishtirok etdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Unda Niderlandiyaning "Sovet shon-sharaf maydoni" jamg`armasi ko`ngillilari, shu jumladan, mahalliy oliy o`quv yurtlari talabalari hamda maktab o`quvchilari, Niderlandiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar qatnashdi.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushida Niderlandiyada qurbon bo`lib, mazkur xotira maydonida dafn etilgan 865 nafar sovet askarlari, shu jumladan, o`zbekistonlik 101 nafar askarning qabrlariga gul qo`yish marosimi bo`lib o`tdi.

Shu bilan birga, Ikkinchi jahon urushi, uning halokatli oqibatlari, O`zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g`alabaga qo`shgan munosib hissasi, shuningdek, xalqimizning sha`ni va qadr qimmatini himoya qilishda sinmas iroda va jasorat ko`rsatgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini abadiylashtirish bo`yicha davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko`lamli ishlar to`g`risida so`z yuritildi.

Tadbirda ishtirok etgan vatandoshlar ushbu tadbir yurtimiz himoyasi va uning tinchligi uchun o`z jonlarini fido qilgan 101 nafar o`zbekistonliklar xotirasini yana bir bor yodga olish, ularning xaqqiga duo qilish va nomlarini hurmat va minnatdorlik bilan eslash bugungi yosh avlodlarning burchi ekanligini qayd etdilar.

Shundan so`ng urush qurbonlari ruhlariga bag`ishlab Qur`on tilovat qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1