1

O`zbekiston TIV rahbari Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

Siyosat 09.05.2024, 19:29
O`zbekiston TIV rahbari Pokiston prezidenti bilan uchrashdi

2024 yil 9 may kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegasiya Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy tomonidan qabul qilindi.

"Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan g`oyat mamnunmiz. O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini etkazdik. Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro`yobga chiqarishga qaratilgan aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz. Uchrashuvimiz kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni ko`rsatuvchi keng ko`lamli mavzular muhokama qilindi. Biz davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari o`rtasida mustahkam hamkorlikni rag`batlantiramiz", - dedi Baxtiyor Saidov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1