Bugun, 9 may kuni soat 17:00 larda Sergeli tumani Qumariq ko`chasida 2000 yilda tug`ilgan haydovchi A.X. KIA rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1997 yilda tug`ilgan piyoda urib yuborgan. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar berdi.
YTH natijasida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida shifoxonaga olib borilganda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.