1

FVB favqulodda ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat 09.05.2024, 19:22
FVB favqulodda ogohlantirish bilan chiqdi

Toshkent shahar FVB bugun poytaxt hududida kuchli shamol bo`lishi kutilayotganligi sababli aholidan kerakli xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilmoqda.

Jumladan:   

  • yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
  • ko`chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
  • ko`p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo`yish yoki mustahkamligini tekshirish;
  • shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, er osti o`tish yo`llari va boshqa yashirinish mumkin bo`lgan joylarda muhofazalanish;
     
  • buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.
    O`z navbatida, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtomobillarni daraxtlar va engil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1