Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli tarzda keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda ikki kilogramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi. Gap shundaki, qo`shni davlatdan mamlakatimizga o`zining “Hyundai Getz” rusumli avtomashinasida kirib kelgan fuqaro A.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi. Shundan so`ng ushbu shaxs belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Natijada, fuqaro A.A. ustamonlik bilan mashina o`rindiqlari ichiga 1169 gramm Gashish va 836,17 gramm Opiyni joylashtirib, ustidan o`rindiq g`ilofini tikib qo`ygani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.