AsosiyJamiyat

Nukus garnizonida harbiy xizmatchilar tunggi va kunduzgi o`q otish mashqlarini bajarishdi

'Nukus garnizonida harbiy xizmatchilar tunggi va kunduzgi o`q otish mashqlarini bajarishdi'ning rasmi

Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida rejalashtirilgan amaliy dala o`quv yig`inlari o`tkazilmoqda. Poligonga etib borish uchun harbiy xizmatchilar 40 kilometrlik marsh yurishdi. E`tiborlisi, marsh masofasining yarmini shaxsiy tarkib piyoda tarzda bosib o`tdi.

Dala o`quv maydonidagi amaliy mashqlar tunggi sharoitda o`q otish mashg`ulotlaridan boshlandi. Piyoda bosib o`tilgan uzoq masofa harbiy xizmatchilarning jismoniy va axloqiy-ruhiy holatiga ta`sir ko`rsatmadi. Nishonlar tunda ham, kunduzi ham birdek yakson etildi.

Qurol va harbiy texnikalardan foydalanish bo`yicha ko`nikmalar kunduzi ham davom etdi. Cho`l hududida joylashgan poligonning issiq va quruq havosi yurt posbonlarini yana sinovga chorlardi. Poligon bo`ylab tashkil etilgan o`quv joylarida harbiy xizmatchilarga qurolni o`q otishga hozirlash, mo`ljalga olish bo`yicha mashg`ulotlar olib borildi.

O`quv yig`ini davomida askarlar birinchi marotaba minomyotlardan amalda o`q uzib, nishonlarni yo`q qilishdi.

Dala-o`quv mashg`ulotlari davom etmoqda. Oldinda hali zenit qurilmalaridan amaliy o`q otish mashqlari kutmoqda.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar