AsosiyJinoyat

Kaptivaga chuv tushirgan firibgar

'Kaptivaga chuv tushirgan firibgar'ning rasmi

To`kis hayot kechirish astoydil mehnat qilish, sabr-toqatli bo`lishni talab qiladi. Agar biror kimsa oson boyish va mo`maygina daromad topishni taklif qilsa, bilingki, Siz firibgarga duch keldingiz.

Firibgarlik, ya`ni aldash yoki ishonchni suiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing mulkini yoki o`zganing mulkiga bo`lgan huquqni qo`lga kiritishdir. Ayniqsa bugungi kunda firibgarlik jinoyatini sodir qilishning turli hil usullari ko`payib bormoqda. Ulardan bilan fuqarolarimiz o`rtasida o`zaro avtomashina oldi-sotdisidir.

Masalan, fuqaro U.Q aldash va ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan o`zganing juda ko`p miqdordagi mulkini qo`lga kiritish maqsadida, 2018 yil 28 iyun kuniM.Aning ishonchiga kirib, unga tegishli bo`lgan “Kaptiva” rusumli avtomashinasini 29.850 AQSh dollariga sotib olishini va pullarni 2018 yil 1 avgust kuni berishligini aytib, uni ishontirish maqsadida oldindan 4.700 AQSh dollari berib, aldov yo`li bilan qo`lga kiritilgan “Kaptiva” rusumli avtomashinani avtomashinalar sotish bozorida fuqaro Sh.Bga 30.000 AQSh dollariga sotib yuborib, ushbu pullarni “Kaptiva” avtomashinasining haqiqiy egasi M.Aga bermasdan o`zining shahsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Bundan tashqari U.Q o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, o`zganing juda ko`p miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, 2018 yil iyul oyi boshlarida “Golden Silk 2017” MChJ ta`sischisi X.Tning ishonchiga kirib, mazkur MChJga tegishli bo`lgan “Kaptiva” rusumli avtomashinani 239.000.000 so`mga 5 kun muddat ichida sotib berishini aytib, aldov yo`li bilan qo`lga kiritilgan avtomashinani M.Aga undan bo`lgan qarzi evaziga o`tkazib yuborgan.

Sudlanuvchi U.Qning firibgarlik jinoyatini sodir etishdagi aybi, o`zining sud majlisida aybiga to`liq iqror bo`lib bergan ko`rsatuvi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko`rsatuvlari hamda jinoyat ishi materiallarida to`plangan boshqa dalillar yig`indisi bilan o`z isbotini topgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudining 2019 yil 7 maydagi hukmiga asosan sudlanuvchi U.Qga qonunda belgilangan jazo tayinlandi.

Maxkamjon Abdubannabov,

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona

viloyat sudining bo`lim boshlig`i

    Boshqa yangiliklar