AsosiyDunyo

Myanma rasmiylari bir milliondan ortiq kishini internetga kirishdan mahrum qildi

'Myanma rasmiylari bir milliondan ortiq kishini internetga kirishdan mahrum qildi'ning rasmi

Myanma rasmiylari Rakxayn shtatida istiqomat qiluvchi bir milliondan ortiq kishini internetga kirishdan mahrum qildi. Bu mintaqada asosan musulmonlardan iborat rohinja etnik guruhi istiqomat qiladi. Uzoq yillardan beri ular hukumat qo`shinlari bilan kurashib keladi.

Ta`qiblar tufayli so`nggi ikki yilda Rakxayn shtatidan qo`shni Bangladeshga 750 mingdan ortiq rohinja qochib o`tdi. BMT bu ta`qiblarni genosid deb atadi.

Rakxayn shtatida internetning blokirovkasi kamida 21 iyundan beri davom etmoqda. Mintaqa aholisi o`zlarining erkin axborot olish huquqlari buzilayotganini aytishadi. Ammo Myanma aloqa vazirligi qachon bloklash bekor qilinishini aytmayapti. Muassasa, bu hodisa “mintaqada tinchlik va tartib o`rnatilganidan keyin” yuz berishi borasida bayonot bermoqda.

OAVning ta`kidlashicha, Rakxaynda internetga kirishdagi cheklovlar borasidagi qarorni hukumat rahbari, tinchlik bo`yicha Nobel mukofoti sohibi Aun San Su Chji qabul qilgan. BMTning bayonot berishicha, musulmon rohinjalar uchun internetning blokirovkasi mintaqada “inson huquqlarining qo`pol buzilishi”ni anglatadi.

    Boshqa yangiliklar