MIB Sirdaryoda qonunbuzarliklarni aniqlamoqda

Jinoyat 25.06.2019, 18:07
MIB Sirdaryoda qonunbuzarliklarni aniqlamoqda

Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida "Shodlik" mahallasida joylashgan korxonatomonidan g`ayriqonuniy tarzda elektr energiyasidan foydalanilayotganligi fosh etilgan.

Jamiyat raxbari B.Isroilov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiya va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan ”Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari”ga zid ravishda MChJ binosiva unga tutash savdo do`konini noqonuniy yo`llar bilan elektr energiyasi tarmog`iga ulab olganligi aniqlandi. Buning natijasida shahar elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga4.821.213 so`m zarar etkazilgan.

Shuningdek, navbatdagi tekshiruvda shaharning Bog`ishamol ko`chasida joylashgan qozonxona katta ustasi S.Parsaev tomonidan gaz loyixasidan tashqari noqonuniy qo`shimcha gaz qurilmasi o`rnatilib foydalanilayotganligi oqibatida shahar gaz ta`minoti korxonasiga 4.910.400 so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Ikkala holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1