AsosiyJamiyat

Telefon o`g`risi qo`lga olindi

Quyosh yugurib chiqib, yugurib botayotgan, odamlar ham yugur...

Quyosh yugurib chiqib, yugurib botayotgan, odamlar ham yugurib elayotgan davrda yashayapmiz. Bir martagina yashash imkoni berilgan bu shoshqaloq umrimiz davomida axir kim ham bekam-u ko`st hayot kechirishni xohlamaydi deysiz?!Ammo buning uchun o`zgalar mulkiga ko`z tikish, hiyla- nayranglar, qing`ir ishlarni qilish shartmi? Hadisi shariflarda: "Musulmon birodarlarini aldovchi, ularga zarar etkazuvchi yoki ularga makr qiluvchi odam bizlardan emas" deyilgani ko`pchiligimizga ma`lum. Biroqnafs atalmish dushman qutqusiga uchganHasan Ahmedov singari kimsalarning oramizda uchrab turishi afsuslanarli holdir.

H.Ahmedov 2019-yil 2-fevral kuni taxminan soat12 larda Mirzo Ulug`bek tumani Mustaqillik shoh ko`chasida joylashgan "Kitob olami" savdo do`konida A.Adamovning qarovsiz qoldirilgan sumkasidan bahosi 405 AQSh dollari (3.402.061 so`m)ga teng bo`lgan "Samsung galaxy A9"rusumli telefon apparatini o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan, keyin Neksiya avtomashinasini to`xtatib, taksi haydovchisiga telefonni 800 000 so`mga sotib yuborgan va pullarni o`z shaxsiy ehtiyojlariga ko`ra sarflagan. Savdo majmuasiga o`rnatilgan kuzatuv kameralaridagi videotasvirlar tufayli o`g`riqo`lga olinadi. Sudda H.Ahmedov o`z aybiga iqror bo`lib, qilmishidan pushaymonligini, moddiy ahvolini inobatga olib engillik berishlarini so`rab ko`rsatma beradi. O`rgangan ko`ngil o`rtansa qo`ymas deganlaridek, H.Ahmedovning bundan avval ham Yangiobod bozorida sotuvchilik qilib kelayotgan D.Karimovga2018-yil 26-dekabrda "Redmi-4", 2019-yilning 6-yanvarida "Redmi-5" rusumli telefonlarni, 17-yanvar kunida"Samsung" rusumli planshetni sotganligi aniqlandi. Sud sudlanuvchi H.Ahmedovga jazo tayinlashda muqaddam sudlanib, qasddan yangi jinoyat sodir etganligini jazoni og`irlashtiruvchi,aybiga iqrorligi, pushaymonligi, shaxsiy va oilaviy sharoitining og`irligini jazoni engillashtiruvchi holatlar deb topdi. Sud hukmiga ko`ra 2019-yilning 4-fevralidan boshlab H.Ahmedov O`zbekiston RespublikasiJK 169-moddasi 3-qismining "a" bandida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblanib, unga 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi, O`zbekiston Respublikasi JK 59-moddasi 8-qismigaasosan tayinlangan jazoga jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudining 2019-yil 1-apreldagi hukmi bilan tayinlangan jazoni qisman qo`shish yo`li bilan o`tash uchun uzil-kesil 5 yil-u 7 oy ozodlikdan mahrum etildi. H.Ahmedovga jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash, jabrlanuvchiga etkazilgan moddiy zarar H.Ahmedov tomonidan qoplanishi belgilandi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudi raisi

Muhammad Qayumov

    Boshqa yangiliklar