1

Bugun, 1 iyuldan 50 va 100 so`mlik banknotlar o`z kuchini yo`qotadi

Iqtisodiyot 01.07.2019, 12:18
Bugun, 1 iyuldan 50 va 100 so`mlik banknotlar o`z kuchini yo`qotadi

Avval xabar berganimizdek, eski namunadagi 50 va 100 so`mlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so`mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to`g`risidagi nizom Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazilgan edi.

Unga ko`ra, muomaladagi 50 va 100 so`mlik tangalar, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so`mlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi. Ularning o`rniga esa, 2018 yil namunasidagi 50 so`mlik, 100 so`mlik, 200 so`mlik va 500 so`mlik tangalar muomalaga chiqariladi.

2011 yil namunasidagi qiymati 500 so`m bo`lgan tangalar muomalaga layoqatli.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi 50 va100 so`mlik tangalar hamda 50 va 100 so`mlik eski namunadagi banknotlar uchun 2019 yil 1 iyulgacha belgilangan edi.

Shunga ko`ra, 2019 yil 1 iyuldan boshlab, 50 va 100 so`mlik tangalar hamda 50 va 100 so`mlik eski namunadagi banknotlar muomaladan qaytarib olindi.

Ularning o`rniga 2018 yil namunasidagi 50 so`mlik, 100 so`mlik, 200 so`mlik va 500 so`mlik tangalar muomalaga chiqariladi.

50_va_100_s_mlik_tangalar_shuningdek_50_100_200_va_500_s_mli.jpg

Eslatib o`tamiz, 200 va 500 so`mlik eski namunadagi banknotlar muomaladan qaytarib olinishi 2020 yil 1 iyulgacha bo`lgan muddatlarda belgilangan.

  • Barcha tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan, aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalarni hamda eski namunadagi banknotlarni hech qanday moneliksiz, cheklovlarsiz qabul qilishlari va hech qanday to`lov yoki vositachilik haqi undirmagan holda ularni ayirboshlab berishlari shartligi hamda mijozlar arizasiga asosan omonatga, bank plastik kartochka hisob varaqlariga kirim qilish uchun qabul qilishlari mumkin ekanligi belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1