AsosiyJinoyat

Bojxonachilar giyohvandlik vositalari saqlanayotgan xonadonni aniqlashdi

'Bojxonachilar giyohvandlik vositalari saqlanayotgan xonadonni aniqlashdi'ning rasmi

Bojxona organlari giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib bormoqdalar.

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizdagi tumanlarning birida tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro A.B.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida ushbu shaxsning xonadonida 3 tup nasha o`simligi parvarishlanayotganligi va saryog` qutisida saqlanayotgan 0,71 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar