AsosiyJamiyat

Qoraqalpoq ahli Olimpiya kuniga sportchilar paradini o`tkazdi (Foto)

'Qoraqalpoq ahli Olimpiya kuniga sportchilar paradini o`tkazdi (Foto)'ning rasmi

5 iyul kuni Nukusda “Olimpic Day” (“Olimpiya kuni”) munosabati bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi hamkorligida qator tadbirlar tashkil etildi.


Dastlab, erta tongdan shaharning 55 metrli bayroqlar osilgan maydonda 2 mingga yaqin professional va umidli sportchilar, Nukus garnizonida xizmat burchini bajarayotgan askarlar ishtirokida harbiy okrug jismoniy tarbiya va sport boshlig`i podpolkovnik Ahror Muqumov tomonidan ommaviy badantarbiya mashg`uloti o`tkazildi.

Shundan keyin sportchilar, yoshlar va harbiylar shaharning markaziy ko`chasi bo`ylab 2 km masofaga yugurish musobaqasida qatnashdi.G`olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag`batlantirildi.


Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog`istonning umidli yoshlari va harbiy sportchilar ishtirokida garnizon Ma`naviyat va ma`rifat markazi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuylar ostida sportchilar paradi bo`lib o`tdi.

Kechki payt Nukus shahar Markaziy amfiteatrda bayram munosabati bilan yosh ijodkorlar tomonidan gala-konsert namoyish etildi. O`zbek va qaraqalpoq estrada qo`shiqlari, bir yilga harbiy xizmatga kelgan askarlar tomonidan ko`rsatilgan qo`l jangi elementlari, havaskor badiiy jamoalarning chiqishlari tantanaga o`zgacha fayz bag`ishladi. O`zbekiston va Qoraqalpog`istonning bayroqlarini mamlakat, qit`a va jahon musobaqalarida, xalqaro turnir va bellashuvlarda baland ko`tarayotgan yosh sportchilar sharaflandi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar