AsosiyJamiyat

“Forish” poligonida O`zbekistonda ilk bor o`tkaziladigan xalqaro “ArMI – 2019” o`yinlariga qizg`in tayyorgarlik ketmoqda

'“Forish” poligonida O`zbekistonda ilk bor o`tkaziladigan xalqaro “ArMI – 2019” o`yinlariga qizg`in tayyorgarlik ketmoqda'ning rasmi

“Forish” poligonida O`zbekistonda ilk bor o`tkaziladigan “Xalqaro armiya o`yinlariga” tayyorgarlik jarayonlari qizg`in davom etmoqda.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning avgust oyida o`tkaziladigan “ArMI – 2019” xalqaro musobaqalarining “Harbiy-tibbiy estafeta” yo`nalishi Jizzax viloyatida joylashgan “Forish” poligonida o`tkaziladi.“ArMI – 2018” o`yinlari Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Eron, Qozog`iston, Xitoy va Rossiya kabi davlatlarda 28 yo`nalish bo`yicha o`tkazilgan bo`lib, unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan harbiy jamoalar ishtirok etgan edi.

Unda O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 12 yo`nalish bo`yicha ishtirok etib, umumjamoa hisobida 6-o`rinni egallagan.Shuningdek, mamlakatimiz harbiy jamoasi a`zosi tibbiy xizmat kapitani Larisa Xolmamatova o`tgan yilgi o`yinlarda “Harbiy-tibbiy estafeta” yo`nalishining harbiy shifokorlar o`rtasidagi “Maxsus ko`nikmalar” bellashuvida, yakkalik bahsda ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan edi.

Ayni vaqtda “Forish” tog`-dala o`quv maydonida mezbon jamoa ishtirokchilari musobaqaga qizg`in tayyorgarlik ko`rmoqda. Musobaqa uchun yaratilgan barcha sharoitlar, jumladan, eng so`nggi rusumdagi texnikalar jalb etilishi, real sharoitga yaqinlashtirilgan sun`iy jang maydonining tashkil etilganligi, ishtirokchilarning puxta tayyorgarlik ko`rishiga xizmat qilmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Boshqa yangiliklar