Boing korporasiyasi so`nggi 8 yilda ilk marotaba o`z imkoniyatlarini Evropa aviasozlik korporasiyasi Airbus ga berib qo`ydi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Boeing korporasiyasi e`lon qilgan hisobotga ko`ra, so`nggi yarim yilda kompaniya etkazib bergan laynerlar ko`rsatkichi 40 foizga qisqarib ketgan. Yakunlanayotgan chorakda esa bor yo`g`i 13 samolyot uchun buyurtma olingan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni aviakompaniyalaridan biri 50 ta Boeing 737 MAX laynerlarini sotib olish rejasidan voz kechgan.
Joriy yilning mart oyida va 2018 yilning oktyabridaBoeing 737 MAX 8 samolyotlari bilan bog`liq ikkita fojianing ro`y berishi kompaniya biznesining ortga ketishiga sabab bo`ldi. Aynan 737 MAX Boeing kompaniyasining eng xaridorgir layneri edi. Ushbu voqealar fonida turli modefikasiyadagiAirbussamolyotlarining savdosi so`nggi yarim yilda deyarli 30 foizga ortib ketdi.