AsosiyDunyo

AQSh va Fransiya o`rtasida savdo urushi xavfi vujudga keldi (Video)

'AQSh va Fransiya o`rtasida savdo urushi xavfi vujudga keldi (Video)'ning rasmi

AQSh Fransiya hukumatining raqamli xizmatlar ko`rsatuvchi kompaniyalar qo`shimcha soliq joriy etish rejasiga qarshi tergov boshladi.

Bordi-yu ushbu qaror loyihasi senat tomonidan ma`qullansa, dunyo bo`ylab yillik daromadi 750 mln.evrodan ortuvchi va Fransiyadagi daromadi 25 mln.evroga teng bo`lgan IT kompaniyalaridan qo`shimcha yig`im undiriladi. Yangi soliq miqdori kompaniyalar yillik daromadining 3 foizini tashkil etadi. Ushbu soliq turi Amerikaning bir qator yirik texnologik kompaniyalari jumladan, Apple, Google,Amazon va Facebook ta`sir etishi taxmin qilinmoqda. Agar tergov natijalariga ko`ra raqamli xizmatlarga solingan soliq AQSh uchun adolatsiz bo`lib chiqsa, Vashington Parijga nisbatan javob choralarini qo`llashni ma`lum qildi.


Boshqa yangiliklar