1

Samarqandda DXM abiturientlarni mobil vosita orqali ro`yxatga olmoqda

Jamiyat 11.07.2019, 17:00
Samarqandda DXM abiturientlarni mobil vosita orqali ro`yxatga olmoqda

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi oliy o`quv yurtiga o`qishga kirish istagida bo`lgan abiturientlarni ro`yxatga olish xizmatini endi mobil vosita orqali ham amalga oshirmoqda.

9.JPG

10.JPG

– Joriy yilda davlat xizmatlari markazlari orqali respublikamizdagi beshta oliy o`quv yurti – Qoraqalpoq davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Farg`ona davlat universitetiga abiturientlar ro`yxatga olinmoqda, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi bosh maslahatchisi I.Narzullaev. – Bu yil abiturientlar har yilgidan ko`pligi va qabul komissiyalarida navbatlar ko`payib ketgani sababli 9 iyuldan boshlab markazlarda 24 soatlik rejimda bu xizmatni ko`rsatish yo`lga qo`yildi. Natijada keyingi ikki kun davomida tuman va shaharlardagi DXMlar orqali 4200dan ortiq abiturient ro`yxatdan o`tdi. 10 iyul kuni kunning ikkinchi yarmidan boshqarmamizning davlat xizmatlari ko`rsatishga moslashtirilgan avtobusi orqali abiturientlarni ro`yxatga olishda ko`p navbat kuzatilayotgan joylarda ham ish boshladik.

2.JPG

6.JPG

Bu avtobusda bir vaqtning o`zida uch nafar abiturientni ro`yxatga olish imkoniyati mavjud. Ta`lim muassasasini avvalgi yillarda bitirgan abiturientlar to`laydigan to`lov ham shu erning o`zida qabul qilinmoqda. Ayni paytda avtobus orqali Universitet xiyobonida yoshlarga xizmat ko`rsatilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1