1

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining qator xodimlari ish haqi oshirildi

Jamiyat 12.07.2019, 10:00
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining qator xodimlari ish haqi oshirildi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti “Oliy va o`rta maxsus ta`lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O`zA tomonidan keltirilgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi oliy, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi bo`yicha yagona davlat siyosatini, shuningdek, oliy, o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limi muassasalarida bo`ysunuviga ko`ra vazirlik va idoralar bilan birgalikda o`quv-tarbiya jarayoniga tashkiliy va metodik rahbarlikni amalga oshirish yuzasidan vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Vazirlik hamda O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 1 avgustdan boshlab quyidagilarni amalga oshirish to`g`risidagi takliflariga rozilik berildi:

a) yagona tarif setkasi bo`yicha mehnatga haq to`lashning tasdiqlangan razryadlariga ko`ra vazirlik boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffisientlarini bir yarim baravar miqdorida qo`llash hamda bu bilan bog`liq qo`shimcha xarajatlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Oliy ta`lim muassasalarini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan qoplash;

b) O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan Vazirlik markaziy apparatining:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 30 foiz;

fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik ish haqiga – 35 foiz ustamalar belgilash;

v) O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Oliy ta`lim muassasalarini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari hisobidan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari oylik lavozim maoshiga oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimida xizmat qilgan umumiy ish staji uchun 3 yildan 5 yilgacha – 10 foiz, 5 yildan 10 yilgacha – 20 foiz, 10 yildan 20 yilgacha – 30 foiz, 20 yildan ortiq – 40 foiz oylik ustamalar to`lash;

Respublika oliy va kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qish uchun xorijiy fuqarolarni keng jalb qilish maqsadida shunday tartib o`rnatiladiki, unga muvofiq 2019/2020 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalari rektorlari (filiallar direktorlari), kasb-hunar ta`limi muassasalari direktorlariga bo`ysunuvi bo`yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda:

xorijiy fuqarolarni o`qitish uchun oliy va kasb-hunar ta`limi muassasalarida alohida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, kasblar va mutaxassisliklar ochish, ularni o`qitish tili hamda akademik guruh shakllantirish uchun zarur talabalar (o`quvchilar) sonini belgilash;

kasb-hunar ta`limi muassasalarida kasblar va mutaxassisliklar bo`yicha ta`lim olish istagida bo`lgan xorijiy fuqarolarni o`qitish muddati, davomiyligi va ularni to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatini belgilash huquqi beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1