AsosiyIqtisodiyot

1 avgustdan oylik maoshi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oshirildi

'1 avgustdan oylik maoshi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar oshirildi'ning rasmi

12 iyul kuni Shavkat Mirziyoev ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oshirilishi to`g`risidagi farmonini imzoladi.

Unga ko`ra, 2019 yilning 1 avgustdan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o`rta hisobda 1,1 baravar (10 foiz) oshirildi.

2019 yilning 1 avgustdan boshlab O`zbekiston hududida:

eng kam ish haqi – oyiga 223 000 so`m (hozirda 202730 so`m);

eng kam yoshga doir pensiyalar va bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 so`m (hozirda 396500 so`m);

eng kam zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so`m (hozirda 243 300 so`m) miqdorida belgilandi.

    Boshqa yangiliklar