1

Ob-havo ma`lumoti

Jamiyat 13.07.2019, 13:30
Ob-havo ma`lumoti

13-18 iyul kunlari respublika bo`yicha havo harorati o`rtacha ko`p yillik qiymatlaridan 5-7 daraja yuqori bo`lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.

Havo kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho`l hududlarda 43-45 darajagacha bo`ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel bo`lishi mumkin.

13-18 iyul kunlari respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo harorati ko`tarilishi hisobiga Tojikiston va Qirg`iziston hududlaridan glyasial (muzli) sel toshqinlari o`tishi mumkin.

** *

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 iyul kuni Toshkentda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 25-27, kunduzi 40-42 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-29, ayrim joylarda 30-32, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-29, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-29, ayrim joylarda 30-32, kunduzi 40-45 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 29-34 daraja issiq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1