AsosiyDunyo

Rossiya Turkiyaga S-400 “Triumf” zenit-raketa qismlarini etkazib berdi (Video)

'Rossiya Turkiyaga S-400 “Triumf” zenit-raketa qismlarini etkazib berdi (Video)'ning rasmi

Rossiya Turkiyaga S-400 “Triumf” zenit-raketa majmuasi qismlarining ilk partiyasini etkazib berdi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Bu haqda Turkiya mudofaa vazirligi ma`lum qildi. Rasmiy Moskva Zenit raketa majmuasi ikki davlat rahbarlari o`rtasida erishilgan kelishuv asosida etkazib berilayotganini tasdiqladi. Ushbu havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarining sotib olinishi Turkiyaning NATO dagi hamkorlari noroziligiga sabab bo`lmoqda. Vashington bu majmualarning sotib olinishiga keskin qarshilik ko`rsatdi. Oq uy ma`muriyati Anqaraga buning o`rniga o`zining “Petriot” majmualarini taklif etib chiqdi. Biroq Turkiya prezidenti Moskva bilan yaqinlashishni afzal bildi. Ekspertlarning ta`kidlashicha bu Turkiya va AQSh munosabatlarining keskinlashuviga olib kelishi mumkin. Hozirda AQSh Turkiyaga qiruvchi- bombardimonchi F-35 samolyotlarni sotishni to`htatib qo`ydi. Bundan tashqari rasmiy Vashington Turkiyaga sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qilmoqda. Erishilgan kelishuvga muvofiq 2,5 mlrd dollar evaziga Rossiya Turkiyaga S-400’ning 4 ta divizionini etkazib beradi. Avvalroq Turkiya S-400 majmualarini Suriya bilan chegarada joylashtirishni rejalashtirayotgani ma`lum qilingandi.


Boshqa yangiliklar