1

Maoshining 100 barobari miqdorida nafaqani kimlar oladi?!

Jamiyat 14.07.2019, 20:08
Maoshining 100 barobari miqdorida nafaqani kimlar oladi?!

2019 yilning 3 iyulida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok bo`lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a`zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 4382-sonli qarori qabul qilindi.

Ko`zlangan maqsad

Ma`lumki, mamlakatimiz Prezidenti boshchiligida harbiy xizmatchilarni, ularning oila a`zolari va faxriylarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish bo`yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Negaki har tomonlama yaxshi tayyorlangan, etarli darajada ta`minlangan va ijtimoiy himoyalangan, qudratli Qurolli Kuchlargina xavfsizlik va barqarorlikning, chegaralarimiz daxlsizligi va mamlakatimiz hududiy yaxlitligining, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam tayanchi va ishonchli kafolati bo`la oladi. O`zbekistonning milliy armiya qurilishidagi aniq pozisiyasi shunday tamoyil asosiga qurilgan. O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilingan mazkur qaror ham bu yo`ldagi navbatdagi qadam bo`ldi.

Kimlarga tatbiq etiladi?

Nizom O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati tizimida xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo`lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a`zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to`lash tartibini belgilaydi.

Nizom talablari quyidagilarga tatbiq etiladi:

shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchilarga;

Qurolli Kuchlar tizimida maxsus unvonda xizmat qilayotgan xodimlarga;

muddatli harbiy xizmatchilarga;

oliy harbiy ta`lim muassasalarining kursant va tinglovchilariga;

xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida halok bo`lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a`zolariga;

safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilariga.

Nafaqa miqdori

Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chog`ida halok bo`lganida (vafot etganida) uning oila a`zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo`yicha maoshi (oliy harbiy ta`lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig`indisining 100 barobari;

og`ir tan jarohati olganda 50 barobari;

o`rtacha og`ir tan jarohati olganda 20 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.

Nafaqa kimlarga berilmaydi?

Giyohvand, psixotrop, alkogol yoki zaharli moddalar yordamida mast holatga kelgan;

jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan;

o`z joniga qasd qilganlarga nafaqa to`lanmaydi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1