AsosiyJamiyat

Harbiycha yumor askarlar ijrosida. Shimoli-g`arbiy harbiy okrugida QVZ o`yinining ikkinchi bosqichi o`tkazildi (Foto)

'Harbiycha yumor askarlar ijrosida. Shimoli-g`arbiy harbiy okrugida QVZ o`yinining ikkinchi bosqichi o`tkazildi (Foto)'ning rasmi

Kecha, 14 iyul kuni Nukus garnizoni Ma`naviyat va ma`rifat markazida Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi harbiy qismlari o`rtasida Quvnoqlar va zukkolar o`yinining ikkinchi – okrug bosqichi o`tkazildi.

Harbiycha hazil-mutoyiba kechasi qizg`in bahslar, murosasiz bellashuvlar bilan o`tdi. Askarlardan tarkib topgan to`rtta jamoa ijrosidagi satirik sahna ko`rinishlari, akrobatik usullarda bajarilgan murakkab va qiziqarli elementlar, hazilomus chiqishlar bilan publikani lol qoldirdi.

Ayniqsa, Qoraqalpog`istonning O`rnak tumanida joylashgan harbiy qismning “Qalqon” jamoasi tomonidan harbiycha hayotni, askarlikda uchraydigan ayrim muammolarni hazilga olib mahorat bilan ko`rsatishiyig`ilganlarning olqishiga sazovor bo`ldi.Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatining safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilarining “Shimol burgutlari” jamoalari ham harbiy xizmatga kelganiga bir necha hafta o`tganiga qaramay armiyaning hazillarini ishtirokchilarga o`zgacha tarzda olib chiqishdi.

Nukus garnizonidagi harbiy qismning “Tankasi bor jentelmenlar” jamoa askarlari esa o`z jismoniy tayyorgarligini akrobatik usullar yordamida namoyish qila olishdi.O`yin uchta shartdan iborat bo`ldi: salomlashuv, videomusobaqa (harbiy xizmatga chaqiruv haqida), uyga vazifa (harbiycha hayot to`g`risida ertak).

Yakuniy natijalarga ko`ra “Qalqon” jamoasi faxrli birinchi o`rinni qo`lga kiritib, Mudofaa vazirligi miqyosida o`tkaziladigan final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi. Ikkinchi pog`onani “Tankasi bor jentelmenlar” egallagan bo`lsa, uchinchi o`rin Nukus garnizonining safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonining “Shimol burgutlari” jamoasiga nasib etdi.

G`olib va sovrindorlar harbiy okrug qo`mondonligi hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi kengashi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar