Germaniya, Fransiya va Birlashgan Qirollik eron yadro kelishuvi taqdiridan xavotirda ekanligini ma`lum qildi va Fors ko`rfazidagi yumshatishga chaqirdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Ushbu davlatlar rahbarlarining bayonotida aytilishicha, AQShning kelishuvdan chiqib ketishi buning ortidan Eron o`z zimmasiga olgan ayrim majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi tufayli bundan to`rt yil avval erishilgan kelishuv butunlay barbod bo`lish arafasida turibdi. Evropaning uch davlati manfatdor tomonlarni masalani muzokaralar yo`li orqali hal etishga chaqirmoqda. Eslatib o`tamiz, rasmiy Tehron 8 iyul kunidan etiboran boyitilgan uran hajmini yadro kelishuvida belgilangan me`yordan oshirganini ma`lum qilgan edi.