1

O`zbekiston-ShHT: Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yangi kelishuvlarga erishiladi

Jamiyat 20.07.2019, 20:46
O`zbekiston-ShHT: Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yangi kelishuvlarga erishiladi

Joriy yilning 19 iyul kuni Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, 2019 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik to`g`risidagi dastur imzolanishi rejalashtirilgan.

Suhbat davomida tomonlar o`rtasida amalga oshirilayotgan loyihalar, tashkilot hukumat rahbarlari o`rtasida o`tkaziladigan yig`ilishga tayyorgarlik jarayonlari muhokama etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 yanvardagi «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni bu boradagi ishlarni sifat jihatdan yuqori pog`onaga olib chiqmoqda.

Tashkilot tomonidan Bishkekda ShHTga a`zo davlatlar Qishloq xo`jaligi vazirlarining to`rtinchi yig`ilishida Oziq-ovqat xavfsizligi bo`yicha ShHT hamkorlik dasturi loyihasi ma`qullanib, 2018 yilning 11-12 oktyabr kunlari Dushanbeda bo`lib o`tgan ShHTga a`zo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashi doirasida imzolangan.

Suhbat davomida O`zbekiston va ShHT o`rtasida choravachilik, asalarichilik, veterenariya, urug`chilik va naslchilik, meliorasiya kabi yo`nalishlaridagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1