1

“Olmos” mahallasida “Namunali harbiy oila” tanlovining g`oliblari aniqlandi

Jamiyat 22.07.2019, 08:33
“Olmos” mahallasida “Namunali harbiy oila” tanlovining g`oliblari aniqlandi

ToshkentningYashnobod tumanida joylashgannamunali harbiy shaharcha — “Olmos” mahalla fuqarolar yig`inida istiqomat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilalari o`rtasida “Namunali harbiy oila” va “Namunali hudud”tanlovi o`tkazildi.

Tanlovda harbiy xizmatchilar orasida sog`lom turmush tarzini keng targ`ib qilish,sog`lom ma`naviy-axloqiy muhitni shakllantirish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, xotin-qizlar hamda harbiy xizmatchilarning oila a`zolarining bo`sh vaqtini unumli o`tkazdirish, ilg`or tajribalarni ommalashtirish, ularning huquqiy bilim va saviyasini oshirish maqsadida tashkil qilindi.

Mingdan ortiq xonadon istiqomat qiladigan shaharchadagi oilalarning tozaligi, saranjom-sarishtaligi, oila bekasining o`z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda olib borayotgan qo`shimcha, kasanachilik, tikuvchilik, tadbirkorlik kabi mehnatlari mahsuli, farzandlarining o`qishi, sport va madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari ham inobatga olindi.

Uzoq davom etgan o`rganishlar, taqqoslashlar, muhokama va natijalar asosidashartnoma bo`yicha harbiy xizmatchilar, oddiy askarlar – Zafar Raimov oilasi 1-, Ulug`bek Avulov oilasi 2-, Nodir O`sarov xonadoni 3-o`ringa munosib topildi.“Namunali hudud” yo`nalishida esa mahalla faollari Malohat Badalova, Dilorom Xoliqova, Umida Dehqonovaga tashakkurnomalar topshirildi.

Sovrindorlarga Faxriy yorliq, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg`alarniMudofaa vazirining o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov, Respublika Mudofaa sanoati bo`yicha davlat qo`mitasi raisi o`rinbosari Hotamjon Yusupov topshirdi.Shundan so`ngvazir o`rinbosari namunali oila sohiblarining xonadonlarida bo`lib, ularning turmush tarzi bilan tanishdi va farzandlari bilan suhbat qildi.

Tanlov so`ngida yig`ilganlar uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1