1

MIB qarzdordan tabiiy gaz uchun 48 million so`m qarzni undirdi

Jinoyat 22.07.2019, 14:37
MIB qarzdordan tabiiy gaz uchun 48 million so`m qarzni undirdi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Shumanay tumanida joylashgan va meva-sabzavotlar etishtirishga ixtisoslashgan «RANN OMAD» mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan, ta`minotchi korxona bilan tuzilgan shartnoma majburiyatlariga amal qilinmaydi va oqibatda tabiiy gazdan bo`lgan qarzi 47,9 mln. so`mga etadi.

Byuro tomonidan qarzdorlikni bartaraf qilish haqida bir necha bor ogohlantirilishi hamda bajarilishi majburiy bo`lgan talabnoma berilishiga qaramasdan, jamiyat qarzdorlikni to`lamaydi.

Oxiri, joriy yilning 25 iyun kuni, ta`minotchi bilan o`zaro tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarmasdan kelganligi va jami 47,9 mln. so`m karzdorlik uchun tabiiy gaz tarmoqlaridan ajratildi.

Bundan keyin ham, qarzdor tomonidan mavjud karzdorlikni bartaraf qilish choralari ko`rilmaganligi sababli, ta`minotchi korxonaga majburiy undirish uchun sudga da`vo kiritish maqsadida hujjatlar taqdim qilindi.

Shundan keyin, da`vo ishlari davrida qarzdor tomonidan, ya`ni 16 iyul kuni ixtiyoriy ravishda mavjud qarzdorlik va qayta ulash uchun to`lovlar Byuroning tuman bo`limida joylashgan maxsus kassaga to`landi va qarzdorlik to`liq bartaraf qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1