1

Prezidentning yana bir Farmoni loyihasi muhokamaga qo`yildi

Jamiyat 23.07.2019, 08:25
Prezidentning yana bir Farmoni loyihasi  muhokamaga qo`yildi

Adliya vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich notariatning faol byudjetdan tashqari modeliga o`tish va uni fuqarolik-huquqiy va iqtisodiy nizolarini oldini olishga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi ishlab chiqildi va O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (https://regulation.gov.uz/uz/document/4931 ) joylashtirildi.

Loyihada:

davlat notarial idoralarini bosqichma-bosqich notariatning nodavlat shakliga o`tkazish;

O`zbekiston Respublikasi Notarial palatasini tashkil etish, uning asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlari;

ayrim turdagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibini bekor qilish hamda yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etish;

uy-joyni boshqa shaxsga o`tkazish, mol-mulklarni ijaraga (arendaga), tekin foydalanishga berishda ayrim talablarni bekor qilgan holda ushbu bitimlarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish;

masofadan turib, shu jumladan videokonferensaloqa orqali notarial harakatlar amalga oshirish mexanizmini joriy etish;

fuqarolarni notarius kasbiy majburiyatlarini buzishi natijasida etkaziladigan zarardan muhofaza qilish maqsadida nodavlat notarial idoralar notariuslarining fuqarolik javobgarligi sug`urtalash;

notariusga elektron murojaat qilish mexanizmini takomillashtirish orqali tekzor notarial xizmatlar ko`rsatish va boshqalar nazarda tutilgan.

Bugungi kunda aksariyat xorijiy davlatlar (Germaniya, Fransiya, Italiya, Estoniya, Avstriya, Vengriya, Turkiya va boshqa), shu jumladan MDH davlatlarida (O`zbekiston, Tojikiston va Turkmanistondan tashqari) lotin notariati prinsiplariga asoslangan notariatning faol nodavlat shakli muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Notariatning faol nodavlat shakliga o`tishi natijasida notariusning moddiy manfaatdorligining oshishi aholiga tezkor va sifatli notarial xizmat ko`rsatishini ta`minlaydi, uning nizolarni oldini oluvchi institut sifatida yanada rivojlanishiga xizmat qiladi, O`zbekiston Respublikasi Notarial palatasi barcha nodavlat notarial idoralari notariuslarini birlashtiruvchi, ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona tashkilot bo`ladi.

Ushbu loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.


Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1