1

O`zbekistonning yirik soliq to`lovchilari ro`yxati e`lon qilindi

Jamiyat 07.08.2019, 09:16
O`zbekistonning yirik soliq to`lovchilari ro`yxati e`lon qilindi

Ushbu ro`yxatdan respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 1416 ta xo`jalik sub`ekti joy olgan.

O`zbekistonning yirik soliq to`lovchilari ro`yxati e`lon qilindi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu ro`yxatdan respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 1416 ta xo`jalik sub`ekti joy olgan.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019 yil 12 iyulda 3172-son bilan ro`yxatga olingan “Yuridik shaxslarni yirik soliq to`lovchi sifatida tasniflash mezonlarini aniqlash to`g`risida”gi Nizomning 4-bandiga muvofiq, yirik soliq to`lovchilar toifasiga quyidagilar kiradi:

a) aksiz solig`iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar;

b) tijorat banklari va ularning filiallari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;

v) “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ va ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;

g) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo`yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;

d) yil yakuni bo`yicha mahsulotlarni (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan olingan sof tushumi 100 mlrd so`mdan yuqori bo`lgan yuridik shaxslar.

Yirik soliq to`lovchilar toifasini aniqlashda, yuqoridagi Nizomning 4-bandining “d” kichik bandida ko`rsatilgan mezonlar o`tgan kalendar yil yakunlari bo`yicha yuridik shaxslar tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarining ko`rsatkichlari asosida belgilanadi.

Quyida yirik soliq to`lovchilarning to`liq ro`yxati bilan tanishish mumkin.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1