AsosiyDunyo

Donald Tramp Xitoy ma`muriyati oldiga yangi shart qo`ydi (Video)

'Donald Tramp Xitoy ma`muriyati oldiga yangi shart qo`ydi (Video)'ning rasmi

Pekin Vashington bilan savdo kelishuviga erishmoqchi bo`lsa, Gonkongdagi vaziyatni zudlik bilan hal etishi zarur. Bu haqda Ntdtv.ru telekanali xabar berdi.

AQSh prezidenti bu haqda o`zining Tvitter sahifasida Xitoy rahbari Si Szinpinga qaratilgan post qoldirdi. “Bordi-yu, Si janoblari Gonkongdagi muammoni tez va insoniy yo`llar bilan hal etishni hoxlasa, u buni uddalaydi. Bunga mening hech qanday shubham yo`q”, deb ta`kidladi Donald Tramp. U shuningdek, Si Szinpin bilan shaxsan uchrashuvi mazkur muammoni echishga yordam berishini ma`lum qildi. Bir necha haftadan buyon Gonkongda ekstradisiya to`g`risidagi qonun loyihasini bekor qilishni talab etib, keng ko`lamli norozilik namoyishlari bo`lib o`tmoqda.

Shu bilan birga namoyishchilar erkin saylovlar, ko`proqdemokratik erkinliklar berilishini va Gonkong ma`muriyati rahbari Kerri Lam iste`fosini talab etishmoqda. Namoyishlar vaqtida polisiya bilan qaqshatg`ich to`qnashuvlar kuzatilmoqda. Hudud aholisi polisiya tomonidan haddan tashqari ko`p kuch ishlatilayotganidan shikoyat qilmoqda. AQSh davlat departamenti Gonkong chegarasi bo`ylab, Xitoy harbiy kuchlari joylashtirilayotganligi haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan “chuqur tashvishda” ekanligini ma`lum qilgan edi.


Boshqa yangiliklar