1

Pudratchi bino qurilishida elektr energiyasini ochiqdan-ochiq o`g`irlash bilan shug`ullanganligi ma`lum bo`ldi

Jinoyat 16.08.2019, 16:03
Pudratchi bino qurilishida elektr energiyasini ochiqdan-ochiq o`g`irlash bilan shug`ullanganligi ma`lum bo`ldi

Energiya resurlaridan oqilona foylanish borasida ommaviy axborot vositalarida har kuni eslatib o`tilayotgan xamda ularni talon-taroj qilgan iste`molchilarga nisbatan ma`muriy hamda jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan choralar ko`rilishi mumkinligi tez-tez ta`kidlanayotgan bo`lsa-da, ayrim iste`molchilar tomonidan hali hamon energiya resurslari tarmoqlariga yashirincha yoki o`zboshimchalik bilan ulanib, ulardan foydalanish holatlari hamon kuzatilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Farg`ona shahar bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbirlar davomida, Farg`ona shahridagi MChJ larning biriga qarashli qurilish binosi elektr energiya tarmog`iga hech qanday hujjatlarsiz, elektr hisoblagich uskunasini Farg`ona ShETK dasturidan ro`yxatdan o`tkazmasdan noqonuniy ulanib, foydalanilayotganligi aniqlandi.

Buning natijasida, davlat manfaatlariga jami 26.013.103 so`m miqdorida moddiy zarar etkazilgan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida davlat manfaatlariga etkazilgan moddiy zarar to`liq qoplanganligi, shuningdek, fuqaro M.Mo`minov (ism-familiyalar o`zgartirilgan) aybiga to`liq iqror bo`lib, qilmishidan chin ko`ngildan pushaymonlik bildirib, etkazilgan moddiy zararni 30 kunlik muddat tugamasdan to`liq qoplaganligi inobatga olindi va to`plangan hujjatlar bo`yicha O`zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmasdan jinoyat ishi qo`zg`atish rad etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1