AsosiyJamiyat

Markaziy harbiy okrugda yosh tankchilar bilan tungi va kunduzgi otish mashg`uloti o`tkazildi (Video)

Kecha, 15 avgust kuni Markaziy harbiy okrug harbiy qismlarid...

Kecha, 15 avgust kuni Markaziy harbiy okrug harbiy qismlarida xizmat qilayotgan yosh tankchilar bilan O`zbekistondagi birinchi raqamli «Kattaqo`rg`on» poligonida kunduzgi va tungi nishonlarga o`q otish mashg`uloti o`tkazilib, jangovar texnikalarda taktik harakatlar amalga oshirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma`lum qildi.

Kunduzgi va tungi nishonlarga o`q otish mashg`ulotida joriy yilda muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma bo`yicha xizmatga qolgan yosh tankchilar T-72 jangovar tankiga o`rnatilgan stvol hamda 14,5 mmli pulemyotidan mashq bajarishdi.

Shuningdek, yosh harbiylar o`quv yig`ini davomida dala maydonida jangovar texnikani mohirona boshqarish, otish, texnik xizmat ko`rsatish va boshqa harbiy fanlar bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lishmoqda.

Ma`lumot o`rnida, 2X35 markali kichik kalibrli o`q otar quroli T-72 jangovar tankidagi asosiy 125 mmli to`p ichiga o`rnatilib, o`q-dori kam sarflab, samarali otishni o`rgatishdan iborat. Ushbu bosqichdan so`ng asosiy to`pdan amaliy otish mashqlari o`tkaziladi.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:56

    Toshkent — Urganch reysidagi holatga aviakompaniya rasmiy izoh berdi.

    'Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:03

    Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    Bu fayzli bayram har bir xonadonga tinchlik va qut-baraka olib kirsin

    'Tehron: “AQSh sulh rejimini qo‘pol ravishda buzdi”'ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 16:44

    Tehron: “AQSh sulh rejimini qo‘pol ravishda buzdi”

    Rasmiy bayonotga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari sulh kuchga kirganidan keyin ham “noqonuniy va asossiz harakatlarini” davom ettirgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 15:21

    'Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 13:12

    Ertaga Toshkentda qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi aytilmoqda

    Mazkur jarayonlar oqibatida atmosfera havosida chang zarrachalari, ayniqsa, atmosfera tarkibida PM10 konsentratsiyasi qisqa muddatli ortishi kuzatilishi mumkin.

    'Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi'ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2026 05:50

    Rossiyadagi mahbuslar jazoni O‘zbekistonda o‘tashni so‘radi

    Mahbuslar Rossiya Mudofaa vazirligi vakillari tomonidan harbiy harakatlarda qatnashish evaziga jazodan ozod qilish va yuqori maosh taklif etilayotgani haqida maʼlum qilishdi.