Qidiruvdagi “SPARK”avtomashinasi topildi

Jinoyat 19.08.2019, 17:18
Qidiruvdagi “SPARK”avtomashinasi topildi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Bog`ot tumanlararo sudining 15.04.2019 yildagi ijro varaqalariga asosan qarzdorlar B.Masharipov va D.Boltaevalardan undiruvchi “Evrika Kapital” mikrokredit tashkiloti foydasiga jami 35 751 964 so`m undirish va undiruvni qarzdor B.Masharipov nomida bo`lgan 2015 yilda ishlab chiqarilgan “SPARK” rusumli, garov mulki bo`lgan avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor B.Masharipovga tegishli
“SPARK” rusumli avtotransport vositasiga 19.07.2019 yilda qidiruv e`lon qilingan.

Byuroning Urganch shahar bo`limi Axborot ta`minoti va qidiruv guruhi o`tkazilgan qidiruv harakatlari davomida qarzdor B.Masharipov o`ziga tegishli bo`lgan tegishli “SPARK” rusumli avtotransport vositasini Qoraqalpog`iston Respublikasi To`rtko`l tumanida yashovchi R.Raxmanovaga avtomashinani pullarini bo`lib berish sharti bilan berganligini bildirgan.

Ushbu ma`lumotlarga asosan 24.07.2019 yilda Majburiy ijro byurosining Urganch shahar va To`rtko`ltuman bo`limlari xodimlari “Evrika Kapital” mikrokredit tashkiloti huquqshunosi bilan birgalikda avtomashina aniqlangan manzilgan borib, R.Raxmanovani sud buyrug`i bilan tanishtirgan, unga ushbu avtomashina garovda ekanligi tushuntirilib, 24.07.2019 yilda avtomashina Urganch shahrida joylashgan “Mamat Shirin Savdo” X/K ga qarashli transport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchasiga qo`yildi va hozirgi kunda realizasiya qilish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1