AsosiyJamiyat

Umumta`lim maktablarida yangi o`quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi

'Umumta`lim maktablarida yangi o`quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi'ning rasmi

Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi ma`lum qildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgustdan 3 sentyabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.

Shu munosabat bilan, umumta`lim maktablarida yangi 2019-2020 o`quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.

Boshqa yangiliklar