1

Yurtimizda bachadon bo`yni saratoni kasalligini oldini olish chorasi topildi

Salomatlik 20.08.2019, 12:17
Yurtimizda bachadon bo`yni saratoni kasalligini oldini olish chorasi topildi

Bachadon bo`yni saratoni ayollar salomatligiga tahdid qiluvchi jiddiy kasalliklardan biri hisoblanadi. 2018 yilda dunyoda bachadon bo`yni saratoni bilan qariyb 570 000 yangi kasallanganlik holati qayd etilgan. Har yili shu kasallikdan 311 000 dan ortiq ayollar vafot etadi.Saratonning bu turining oldini olish borasida sinalgan va samarali strategiyalar mavjud. Ulardan biri — odam papillomavirusi (OPV) ga qarshi emlash. O`zbekiston bu borada birinchi qadamni qo`ydi, ya`ni shu yilning noyabridan boshlab 9 yoshli qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanadi.

Bu haqda poytaxtimizda “Bachadon bo`yni saratonisiz kelajak” shiori ostida bo`lib o`tganxalqaro ilmiy-amaliy anjumanda aytib o`tildi. Sog`liqni saqlash vazirligi va Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Evropa mintaqaviy byurosi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir mamlakatimizdagi joriy milliy emlash dasturlari o`zaro munosabatini faollashtirish, onkologik kasalliklarga qarshi kurash, reproduktiv salomatlik va o`smir qizlar salomatligini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilish uchun maydon bo`lib xizmat qildi.

Tadbirda ta`kidlanishicha, bachadon bo`yni saratoni tarqalishiga ko`ra jahonda ayollarda uchraydigan saraton kasalliklari orasida to`rtinchi o`rinda turadi. Dunyoda bo`lgani kabi, mamlakatimizda ham bachadon bo`yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o`rtasida tarqalishi bo`yicha ko`krak bezi saratonidan keyingi o`rinda turadigan. Kasalliklardano`lim ko`rsatkichi bo`yicha esa, ushbu xastalik barcha yoshdagi ayollaro`rtasida ko`krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tug`ish yoshidagi ayollar (15-44 yosh) orasida esa ikkinchi o`rinni egallaydi. JSST ma`lumotlariga ko`ra, har yili yurtimizda 1660 nafar ayol bachadon bo`yni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Shu bois butun dunyoda ushbu kasallikning oldini olish muhim ahamiyatga ega.

Yurtimizda 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu boradamilliy reja tasdiqlangan. U o`z ichiga bachadon bo`yni saratonini davolash, palliativ yordam ko`rsatish bilan birga,OPVga qarshi emlash, bachadon bo`yni saratonini skrining qilish kabi birlamchi profilaktik tadbirlarni qamrab oladi.

Milliy emlash kalendariga ko`ra, mamlakatimizda bolalar davlat byudjeti hisobidan 12 ta boshqariladigan infeksiyalarga qarshi emlanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda. Endilikda OPVga qarshi vaksinaning joriy qilinishi esa yana bir og`ir kasallik — bachadon bo`yni saratoni kasalligining oldini olishga xizmat qiladi. Yurtimizda 9 yoshli o`smir qizlarni rejali emlash shu yilning noyabr oyidan boshlanadi. Buning natijasida kelajakda har yili 1 100 ta kasallanish va bachadon bo`yni xastaligi bo`yicha 600 ga yaqin o`lim holatlarining kamayishiga erishiladi.


Tadbirda ta`kidlanganidek, ayni paytda OPVga qarshi rejali emlash dunyoning 92 ta davlatida, ular orasida JSST Evropa mintaqasidagi 36 mamlakatida ham qo`llanib kelinmoqda. Bachadon bo`yni saratoni oldi jarayonlarini kamaytirishdagi emlashning yuqori samarasi klinik sinovlar davrida, shuningdek, bu vaksina ko`p yillardan beri qo`llanib kelinayotgan davlatlar (AQSh, Avstraliya, Kanada, Daniya, Irlandiya, Shvesiya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya, Shotlandiya) misolida ko`ringan.

Anjumanda, shuningdek milliy va xalqaro ekspertlarbachadon bo`yni saratonining oldini olish va davolash bo`yicha oxirgi tadqiqotlar, OPVga qarshi vaksinani joriy qilishdagi boshqa davlatlarning tajribalari haqidagi ma`lumotlarni taqdim etdilar.

Sog`liqni saqlash vazirligining

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1