AsosiyJamiyat

“Qizil” yo`lakdagi qing`irlik

Bojxona organlari tomonidan valyuta qimmatliklarini yashirin...

Bojxona organlari tomonidan valyuta qimmatliklarini yashirincha olib chiqayotgan qonunbuzarlarga nisbatan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona postida “qizil” yo`lak orqali mamlakatimizdan xorijiy davlatga chiqib ketayotgan fuqaro M.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxs belgilangan me`yorlardan ortiqcha bo`lgan 2100 AQSh dollari, 46 500 Rossiya rubli va 20 000 Qozoq tengesini bojxona nazoratidan yashirgan holda olib chiqishga uringani fosh bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar