AsosiyDunyo

Norvegiyada noma`lum kasallik sababli itlar halok bo`lmoqda

'Norvegiyada noma`lum kasallik sababli itlar halok bo`lmoqda'ning rasmi

Norvegiyada to`rt oyoqli jonivor egalari ayni damda juda xavotirda. Noma`lum kasallik sabab hozirda itlar vafot etmoqda. Euronews.com nashri xabar berdi.

Veterinarlar qandaydir yuqumli kasallik tarqalgan bo`lishi mumkinligini inkor etishmayapti. Itlarda kutilmagan diareya boshlanmoqda va oradan bir necha sutka hatto bir necha soat o`tgandan so`ng jonivorlar vafot etyapti. Ayni damda veterinarlar vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qilishmoqda. Olingan analizlar va laboratoriya tekshiruvlari jonivorlar nima sababdan halok bo`layotganiga oydinlik kiritmayapti.

Shuning uchun qat`iy xulosaga kelishning imkoni bo`lmayapti. Kasallanish bilan bog`liq ilk holat Osloda qayd etilgan, shundan so`ng mamlakatning boshqa shaharlarida ham bunday holatlar kuzatildi. Hozircha kasallik nima sababdan kelib chiqayotganiga oydinlik kiritolmayotgan mutaxassislar, uy jonvorlarining egalariga ularni boshqa itlardan uzoqroq saqlashni tavsiya etishmoqda.


Boshqa yangiliklar