Rasmiy xabar: Angrenda «Damas» poezd vagoni ostida qoldi. Qurbonlar bor

Jamiyat 10.09.2019, 10:30
Rasmiy xabar: Angrenda «Damas» poezd vagoni ostida qoldi. Qurbonlar bor

Bugun, 10 sentyabr kuni tongda «Xabar.uz» muxbirlari Angren shahridan o`tadigan trassasida dahshatli yo`l-transport hodisasi ro`y bergani haqida xabar berishdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy axborot berdi.

2019 yil 10 sentyabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o`tuvchi A-373 M-39 «Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon orqali-O`sh» avtomobil yo`li 173 kmning «Obliq» temir yo`l stansiyasidan Olmaliq KMKning Kon boshqarmasiga qarashli «Angren Oltin saralash fabrikasi»ga olib boruvchi temir yo`l shaxobchasining (pod`ezdnoy put) kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poezdining to`qnashishi oqibatida YTH sodir bo`lgan.

«Toshkent-Vodiy» yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotgan «SAMS» rusumli d/r 01 506 CGA yuk mashinasi Angren shahar hududidan o`tuvchi A-373 M-39 «Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon orqali-O`sh» avtomobil yo`lining 173 kmda xaydab ketayotib, yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning 8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo`nalishda turgan «Damas» rusumli, d/r 50 W 363 MA avtomobilini bosib qolgan.

Natijada, «Damas» avtomobilda bo`lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, «SAMS» rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Sodir bo`lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1