AsosiyJamiyat

Indoneziya sobiq prezidenti vafot etdi

Indoneziyaning sobiq prezidenti Baxaruddin Yusuf Habibi 83 y...

Indoneziyaning sobiq prezidenti Baxaruddin Yusuf Habibi 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA novosti nashri xabar berdi.

Habibining sog`lig`i dushanba, 9 sentyabr kuni yomonlashganidan so`ng Jakartadagi harbiy shifoxona reanimasiya bo`limiga yotqizilgan edi.

Baxaruddin Yusuf Habibi texnik yo`nalishda ta`lim olib, keyinchalik texnologiyalar va tadqiqotlar vaziri bo`lgan. To 1999 yili parlament yangi etakchini saylagunga qadar, 1998 yildan Indoneziya prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar