Yakubovich ta`tildan nega nogironlar aravachasida qaytdi?

Dunyo 12.09.2019, 12:49
Yakubovich ta`tildan nega nogironlar aravachasida qaytdi?

Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Leonid Yakubovichning vakili nega u Chernogoriyaga qilgan ta`tilidan nogironlar aravachasida qaytganini izohladi. Bu haqda u «Govorit Moskva» radiostansiyasiga bergan intervyusida ma`lum qilgan.

OAVda Chernogoriyaning Tivat shahar aeroportida Yakubovich nogironlar aravachasida olib ketilayotgani aks etgan kadrlar tarqalgan.

Teleboshlovchi vakilining so`zlariga ko`ra, Yakubovich ta`tilni Chernogoriyada o`tkazgan va u erda tizzasini shikastlab olgan. Yurganda ahvol yomonlashmasligi uchun nogironlar aravachasidan foydalanishga qaror qilgan.

«Hech qanday qo`rqinchli hodisa yuz bergani yo`q. Shunchaki hamma kabi basseynda tizzasini shikastlab olgan. Sinmadimikin deb xavotirlangandik, o`sha joyning o`zida rentgen qilishning iloji bo`lmadi, shu bois ehtiyot chorasini ko`rishga qaror qildik», — deydi Yakubovichning vakili.

Moskvaga qaytgach teleboshlovchi tekshiruvdan o`tgan. Rentgen qilingan, unga ko`ra hech qanday sinish aniqlanmagan, lekin 74 yoshli teleboshlovchida kuchli gematoma qayd etilgan.

Hozir Yakubovich deyarli to`liq tiklanib, «Mo``jizalar maydoni» («Pole chudes») ko`rsatuvining yangi sonini suratga olishga hozirlik ko`rmoqda. Ma`lumki, bu ko`rsatuv 29 yildirki Rossiya televideniyasida namoyish etib kelinadi. Uni yurtimiz aholisi ham sevib tomosha qilishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1