1

Bojxonachilar tadbirkorlarni qo`llab quvvatlaydi

Jamiyat 15.09.2019, 12:58
Bojxonachilar tadbirkorlarni qo`llab quvvatlaydi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan joylarda eksportyor korxona vakillari bilan uchrashib, mavjud muammolarni o`rganish, ularga tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarida yaratilayotgan qulayliklar va erkinliklar buyicha amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berish maqsadida joylarga chiqib, sayyor uchrashuv tashkil etib kelinmoqda.

Navbatdagi sayyor uchrashuv“SUN TEX”mas`uliyati cheklangan jamiyatda bo`lib o`tdi.

Mazkur korxonaning asosiy faoliyati tayyor to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`lib, korxona zamonaviy texnologik uskunalari bilan jihozlangan. Korxona hozirda ichki bozorga 50 turdan ortiq tayyor mahsulotlar etkazib berayapti. Korxona mutasaddilari kelgusida ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini eksportga yo`naltirishni rejalashtirishgan.

Uchrashuv davomida“Sirg`ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig`i K.Vaqqosov tomonidan mahsulotlarning eksportidagi qulayliklar va yangi qabul qilingan me`yoriy hujjatlar to`g`risida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korxona rahbari M.Toshpulatovning sa`y-harakatlari bilan korxonaga xorijiy hamkorlar tomonidan 1,5 million evroga teng investisiya kiritilib, investision loyihalar doirasida korxona tomonidan 50 dan ortiq texnologik uskunalar olinganligi hamda bugungi kunda tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yilganligi ma`lum bo`ldi.

Bugungi kunda korxonaning ishlab chiqarish hajmi yiliga 20-22 mlrd. so`mni tashkil qiladi. Korxona tomonidan 100 dan ortiq yangi ish o`rinlari yaratilgan bo`lib, 2020 yilda ish o`rinlar sonini 300 ga etkazish rejalashtirilgan.Korxonaning asosiy faoliyati tayyor to`qimachilik maxsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi.

Korxona Koreya, Turkiya, Xitoy va Evropaning etakchi tashkilotlarining zamonaviy yuqori sifatli texnologik uskunalari bilan jihozlanganligi va bu esa tayyorlanayotgan mahsulotlar sifati yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Shuningdek, tadbir yakunida korxona rahbari va ishchi guruhiga o`z faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan, jumladan bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog`liq bo`lgan masalalar yuzasidan Davlat bojxona qo`mitasining 11-08 qisqa raqamiga qo`ng`iroq qilishi yoki bevosita bojxona posti boshlig`iga murojaat qilishi mumkinligi aytib o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1