AsosiyJamiyat

Samarqanddagi to`yxonada ommaviy zaharlanish bo`ldi

'Samarqanddagi to`yxonada  ommaviy zaharlanish bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Samarqand shahridagi to`yxonalardan birida ommaviy zaharlanish ro`y bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Samarqand shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi hodisa yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilgan:

«Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 2019 yil 16 sentyabr kuni soat 16:10 dan soat 18:30 ga qadar turli xonadonlarda yashovchi 7 nafar fuqaro bir xil klinik belgilar - ko`ngil aynish, qayt qilish, bosh og`rig`i, qorin sohasida og`riq, 4-5 marta ich ketish, tana haroratining yuqoriligi hamda holsizlik bilan murojaat qilishgan va ularga shifoxonada ovqat toksikoinfeksiyasi engil va o`rta og`ir darajasi tashxisi qo`yilib, shifoxonaga yotqizilgan.

Barcha, bemorlarning umumiy ahvoli ijobiy, doimiy vrach nazoratida» deyiladi tashkilot xabarida.

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar