1

Investment visa: Xorijiy investorlar uchun maxsus viza joriy etiladi

Jamiyat 22.09.2019, 14:21
Investment visa: Xorijiy investorlar uchun maxsus viza joriy etiladi

Prezidentning 2019 yil 19 sentyabrdagi 5833-sonli Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo`shimcha (elektron bo`lmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish ro`yxatiga qo`shimcha kiritildi.

2019 yilning 5 yanvaridagi 5611-sonli Farmoniga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, ro`yxatda mavjud bo`lgan “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Piligrim visa” lar qatoriga endi “Investment visa” ham qo`shiladi.

Ta`kidlash joizki, “Investment visa” O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga belgilangan BHMning 8 500 baravari miqdorida investisiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi. Ushbu vizaning amal kilish muddati uch yil.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1