AsosiyJamiyat

«Buxoro» temiryo`l vokzalida shartli terrorchilar qo`lga olindi

'«Buxoro» temiryo`l vokzalida shartli terrorchilar qo`lga olindi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy gvardiyasi, Buxoro viloyati IIB, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida 21 sentyabr kuni soat 07:00 da "Buxoro" temiryo`l vokzalida maxsus taktik amaliy o`quv mashg`uloti o`tkazildi.

O`quv mashg`ulot temiryo`l vokzalida «Buxoro—Qarshi» yo`nalishidagi poezd vagonida uyushtirildi. Jarayonda shartli terrorchilar tomonidan bir necha yo`lovchi asirga olindi.


— Bu galgi o`quv mashg`ulotda soha xodimlarining har qanday favqulodda vaziyatlarga tayyor turish, terroristik harakatlarni sodir etmoqchi bo`lgan shartli jangarilarni qo`lga olish va ularni zararsizlantirish uchun jangovar shaylik darajasi oshirildi. Barcha huquq-tartibot organlarining professional darajadagi tayyorgarligi namoyon bo`ldi, — dedi o`quv-mashg`ulot davomida DXX xodimi «Daryo» muxbiriga bergan intervyusida.


O`quv mashg`uloti orqali viloyat hududida favqulodda vaziyatlar sodir bo`lganda, nafaqat shaxsiy tarkibning belgilangan vazifa va topshiriqlarni bajarishi, balki odamlar sergakligi va aholi hushyorligini oshirish tajribasi ko`zlangan.


    Boshqa yangiliklar