AsosiyJamiyat

Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga oid Prezident Farmoni ijrosi qay ahvolda?

'Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash va himoya qilishga oid Prezident Farmoni ijrosi qay ahvolda?'ning rasmi

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil

14 maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash
va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni qabul qilinib, unga ko`ra, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish bo`yicha qabulxonalari tashkil etildi.


Mazkur Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 27 may kuni tadbirkorlar murojaatlarini ko`rib chiqish qabulxonalarini ishga tushirish masalalariga bag`ishlangan yig`ilishda Adliya vaziri va Savdo-sanoat palatasi raisiga Respublika ishchi guruhini tuzib, joylarda tadbirkorlar bilan ochiq, amaliy uchrashuvlar o`tkazish topshirilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning
1-19 iyun kunlari adliya vaziri R.Davletov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida 6 000 ga yaqintadbirkorlar bilan uchrashuvlar o`tkazilib, 900 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Mazkur murojaatlar tahlil qilinganda ularning aksariyati “Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida kreditlar ajratish, er uchastkasi va bino ajratish, buzilgan imoratlarga nisbatan kompensasiya to`lovlarini undirish, qo`shilgan qiymat solig`ini qo`llash, maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish uchun bitim tuzish
va imtiyozli kreditlar ajratish kabi masalalardan iborat ekanligini ko`rsatdi.

Shu bilan birga, uchrashuvlar davomida murojaatlarning 341 tasi tuman (shahar), 309 tasi viloyat hamda 245 tasi respublika darajasida hal qilish yuzasidan vazirlik va idoralarga topshiriqlar berilib, ularning 89 foizihal etildi.

Xususan, Sirdaryo viloyatida joylashgan “Salar un-don non” MChJga
AT “Xalq banki” Sirdaryo filialidan olingan 1 million 560 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditning bir qismini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi tomonidan kompensasiya qilish yuzasidan ijobiy xulosasi olindi.

Xorazm viloyatida 9 nafar tadbirkorlik sub`ektlariga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Maktabgacha ta`lim vazirligi bilan tuzilgan bitimlarga asosan Moliya vazirligi tomonidan jami 11,1 milliard so`m miqdoridagi resurs mablag`lari tegishli tijorat banklari hisob raqamlariga o`tkazib berilishi ta`minlandi.

Bunday ijobiy misollarni juda ko`plab keltirish mumkin.

Eng asosiy xulosa, tadbirkorlik qilishga qiziqish sezilarli oshgan bo`lsa, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilishga, shuningdek ularning qonuniy talablarini tezkorlik bilan hal qilishga hamda muammolarni bartaraf etishga etarlicha e`tibor qaratayapti.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan Adliya vaziri va Savdo-sanoat palatasi rahbarlagidagi respublika ishchi guruhlari tomonidan joriy yilning sentyabr oyidan boshlab yil oxirigacha barcha hudadlarda sayyor uchrashuvlar o`tkazilishi belgilab berildi.

Xususan, sentyabroyida Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, oktyabroyida Toshkent shahri, Buxoro, Xorazm viloyatlari,noyabr oyida Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Farg`ona viloyatlari, dekabr oyida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax va Toshkent viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur uchrashuvlarning o`tkazilish vaqti va joyi haqida ijtimoiy tarmoqlari orqali qo`shimcha ma`lumotlar berib boriladi.

Fursatdan foydalanib faoliyatida muammolarga duch kelayotgan barcha tadbirkorlarni mazkur uchrashuvlarda ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

O`zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

bosh maslahatchisi

UZAKBERGEN JAKSIMURATOV

    Boshqa yangiliklar