AsosiyJamiyat

UzAuto Motors o`qituvchilar uchun maxsus aksiya e`lon qiladi

'UzAuto Motors o`qituvchilar uchun maxsus aksiya e`lon qiladi'ning rasmi

UzAuto Motors kompaniyasi barcha o`qituvchilarni kasb bayrami bilan muborakbod etgan holda O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maxsus aksiya e`lon qiladi.

Aksiya faqat umumta`lim, o`rta-maxsus va oliy ta`lim muassasalarining o`qituvchilari uchun amal qiladi hamda Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini quyidagi shartlarda muddatli to`lovga xarid qilish imkonini beradi:

- Chevrolet Spark — 70% oldindan to`lov, muddati 6 oy;

- Lacetti 3 poz — 60% oldindan to`lov, muddati 1 yil.

Muddatli to`lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko`rsatilgan ta`lim muassasining o`qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.

Shuningdek avtomobilni garovga qo`yish hamda hatardan sug`urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:

 "AS SERVIS" tarmoqlarining dilerlik korxonalari

 "Sergeli Avtotexxizmat" AJ

 "Nurafshon Avtocentr" MChJ

 "Qaraqalpaqavtotexxizmet" MChJ

Aksiya 2019 yilning 30 sentyabriga qadar amal qiladi. Shoshiling, avtomobillar soni chegaralangan.

Yaxshi kayfiyat va yoqimli xarid tilaymiz!

    Boshqa yangiliklar